«Telegram» kanal

G'ayrat Haydarovni munosib kuzatildi

12:33, 07.02.24
7

    Shu paytgacha Dehqonobod tuman IIB boshligʻi lavozimida ishlab kelgan podpolkovnik Haydarov G'ayrat Jumayevich Mirishkor tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi. Shu munosabat bilan tuman hokimligida tashkil etilgan yigʻilishda tuman hokimi Akrom Sulaymonov, viloyat IIB boshligʻi podpolkovnik Abduvoxid Ismailov soʻz olib, Gʻ.Haydarovning tumanda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi xizmatlarini alohida eʼtirof etdi.

   Tadbir soʻnggida Gʻ.Haydarovga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab,tantanali ravishda milliy qadriyatlarimizga asoslangan holda toʻn kiydirilib, munosib kuzatildi.