«Telegram» kanal

PROKUROR QABULI BOʻLIB OʻTDI.

10:51, 25.03.24
5

Nishon tumani prokurori vazifasini bajaruvchi 2-Sektor rahbari Xurshid Bahromov “Nuriston” mahallasida aholi vakillari bilan uchrashib, murojaatlarini tingladi. Tuman prokurori boshchiligidagi bir qator aloqador mas’ullar ishtirok etgan sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqaroning 10 ta masaladagi murojaatlari qabul qilindi.

Mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning elektr ustunlari o‘rnatish, maishiy gaz baloni bilan ta’minlash, issiqxona ustini yopishda ko‘mak berish masalalari oʻrganildi.Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlarga o‘rganish hamda hal etish muddatlari belgilanib, ijro uchun mas’ullarga yo‘naltirildi.