«Telegram» kanal

Dala yer maydonlarining chigit ekish ishlariga tayyorgarlik holati oʻrganildi.

10:21, 27.03.24
4

Qashqadaryo viloyati prokurori Bektosh Sayipov Nishon tumanidagi ekin yerlarini chigit ekishga tayyorlash jarayonini oʻrgandi.Oʻrganishlar mobaynida agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilish holati koʻzdan kechirildi. Shuningdek, yerlarni tekislash va pushta olish ishlari puxtalik bilan, belgilangan meʼyorlar asosida amalga oshirilayotganligi nazorat qilindi. Masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, 2024 yilgi paxta hosilining moʻl boʻlishida hozirdan aniq reja asosida ishlarni tashkil etish lozim ekanligi aytib oʻtildi.