«Telegram» kanal

Kanallarni betonlashtirish va sug'orish ishlarini tashkil etish jarayonlari o'rganildi.

10:19, 27.03.24
17

Bugun viloyati prokurori Bektosh Sayipov Nishon tumanida oqova suvlardan foydalanish, ekin yerlarda sugʻorish jarayonlarini tashkil etish boʻyicha mavjud imkoniyatlar hamda kanallarni betonlashtirish ishlari bilan tanishdi.Bundan tashqari, tumandagi “Istiqlol” MFY hududidan “Oydin” MFYgacha boʻlgan masofada “Indorama agro” xorijiy korxonasi tomonidan yangidan bunyod etilayotgan kanalning qurilish ishlarini ham koʻzdan kechirdi. 

Mazkur kanalning uzunligi 9 km masofani tashkil etib, undan nafaqat ekin yerlari, balki aholi tomorqalarini sugʻorishda ham foydalanilishi koʻzda tutilgan boʻlib, ushbu loyihani amalga oshirish uchun 10 mln. AQSH dollaridan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shuningdek, klaster rahbari Depak Raina bilan birgalikda sohada yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilinib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan aniq rejalar belgilab olindi.