«Telegram» kanal

Nishon tumanida chigit ekish ishlari avvalida yerlarni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

10:36, 25.03.24
5

Viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi Oblayor Boymirov va Nishon tumani hokimi Botir Tog'ayevlar bugun tumandagi "Qirqquloch" mahallasida boʻlib, Indorama Agro MCHJ XK paxta toʻqimachilik klaster korxonasiga tegishli yer maydonida 2024-yil paxta hosilini olish uchun yerlarni chigit jarayonlariga tayyorlash ishlari bilan tanishdi.

Hozirda hududlarda tuproqning yetilishiga qarab chigit ekishga yer tayyorlash ishlari boshlanmoqda. Tumanimizning barcha mahallalaridagi yer maydonlarida yerlarni tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.Bu yilgi suv taqchilligi sharoitida chigit ekish uchun yerlar o‘z vaqtida va sifatli tayyorlansa, tuproqning tabiiy namiga chigit ekib ko‘chatlar to‘liq undirib olinsa, chigit suvi uchun beriladigan daryo suvini tejab qolish imkoniyati yaratiladi.