«Telegram» kanal

Shahar hokimi rahbarligida mahalla yettiligi faoliyati bo‘yicha tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

12:41, 02.03.24
6

Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev rahbarligida Zoom orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, shahar tashkilotlari rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda mahalla beshligi - mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlarining faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, ishdagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aytib o‘tildi.

O‘tgan davrda faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlamagan, ishga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan, ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, o‘ziga yuklatilgan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan ayrim mahalla mas’ullari egallab turgan lavozimidan ozod etilgani, ba’zilariga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanilgani ta’kidlandi.Shuningdek, ishchi guruh tomonidan 16-23 fevral kunlari olib borilgan o‘rganishlar jarayonida ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlarida bir qator kamchiliklar aniqlangan. Mahalla atrofi, ko‘chalar, aholi xonadonlari oldi obodonlashtirilmagani, tozalik ishlari qoniqarsiz ekani aytildi. Yig‘ilishda mahalla yettiligi faoliyati bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.