«Telegram» kanal

Kitob tumani rahbarlari ishtirokida "Sevaz" MFYda kichik oilaviy nizo ortidan kelib chiqqan qonun buzilish holati muhokama etildi

10:58, 08.01.24
5

Yaqinda Kitob tumanining "Sevaz" MFYda kichik  bir oilaviy nizo sababdan boshlangan holatning qonun buzilishi bilan yakunlanganligi yuzasidan muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.  Unda tuman hokimi, 1-sektor rahbari Uktam Pardayev, tuman IIB boshlig`i Ikrom Tog`ayev, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Muhokama yig'ilishida so'zga chiqqanlar er-xotin o`rtasida yuzaga kelgan kichik nizoning chuqurlashib, oxir-oqibat javobgarlik bilan yakunlanganligini yuzaga keltirgan sabab va omillarni atroflicha tahlil etishdi. Bunday salbiy holatlar qayta takrorlanmasligi uchun mahallaning mas'ul mutasaddilariga yoshi ulug` nuroniylarimiz bilan hamkorlikda fuqarolarga keng tushuntirish va tashviqot ishlarini olib borish lozimligi ta`kidlandi