«Telegram» kanal

Hokim va prokuror bemorlar holidan xabar olib, issiqlik tizimini o‘rganishdi

18:23, 20.02.24
16

Mamlakatimizning aksariyat hududlariga nam va sovuq havo massasi kirib keldi. Yog‘ingarchilik va havoning keskin sovishi natijasida ijtimoiy soha obyektlari, xususan, shifoxonalarni issiqlik taʼminoti bilan taʼminlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish maqsadida 2024-yilning 19-fevral kuni Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov va prokuror Sardor Nazarovlar tibbiyot birlashmasida bo‘lishdi.

Dastlab, rahbarlar bemorlar bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat sifati bilan qiziqishgan. Shuningdek, isitish tizimining sozligi o‘rganilib, masʼullarga bemorlar salomatligini tiklash va asrash muhim vazifa ekanligini taʼkidlagan