«Telegram» kanal

Qarshi shahri yo‘llariga tuz-qum aralashmasi sepilmoqda

13:44, 20.02.24
18

Mamlakatimiz hududida qor yog‘ib, ob-havoning sovib ketishi avtomobil yo‘llarida muzlamalarni hosil qilmoqda. Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Qarshi shahar hududidagi yo‘llarning qatnov qismiga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda. 
    Shu o‘rinda haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilib, yo‘llarda tezlikni oshirmaslikni, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlarini, gaz va tormoz tepkisini keskin bosmasliklarini, piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini, piyodalar esa yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmasliklarini, ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz.