«Telegram» kanal

Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi

11:50, 07.03.24
7

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-aprelda "Taʼlim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 212-son qarori qabul qilindi.Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Kasbi tumani IIB JXX YHXB masʼul xodimlari tomonidan bog‘cha va maktablarda keng miqyosda harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Kasbi tumanida joylashgan 3-sonli umumiy o'rta taʼlim maktabida tashkil etilgan targ‘ibot uchrashuvida ham inspektorlar tomonidan o‘quvchilarga yo‘l qoidalari to‘liq tushuntirildi. Bolalar orasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari barcha taʼlim muassasalarida davom ettirilmoqda.