«Telegram» kanal

Velosipedda harakatlanish qoidalaridan xabardormisiz?

09:23, 12.01.24
12

Maʼlumki, yoʻl harakati ishtirokchilari sifatida nafaqat avtotransport vositalari, piyodalar, balki velosiped va boshqa yoʻlda harakatlanuvchi transport vositalari ham nazarda tutiladi.Soʻngi yillarda velosiped bilan bogʻliq avariyalarning miqdori koʻpayib bormoqda. Bu kabi turli ko'ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida, Kasbi tuman IIB YHXB tomonidan velosipedda harakatlanuvchi fuqarolar o'rtasida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz boʻlishi zarur. Qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich va chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich va chiroq, yon tomonlariga esa, zargʻaldoq yoki qizil rangli nur qaytargich oʻrnatilishi kerakligi belgilangan.