«Telegram» kanal

"Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" dasturi ijrosi amalda

11:35, 12.03.24
9

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Kasbi tumani Obod Neko'z mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlarini joriy qilish, mahallaning infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyat prokurori birinchi o'rinbosari Sherali Ashirov hamda tuman prokurori Sanjar Nurmatov Obod Neko'z mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi.Shuningdek, viloyat prokurori o'rinbosari Obod Neko'z mahallasidagi 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida barpo etilayotgan kutubxona binosining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.