«Telegram» kanal

Tuman hokimi "Obod Neko‘z" mahallasidagi ijtimoiy obyektlar holatini o‘rgandi

09:13, 11.01.24
6

Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliyev Obod Neko‘z mahallasidagi ijtimoiy obyektlar holatini o‘rgandi. Tuman hokimi sektor rahbarlari bilan birgalikda Obod Neko‘z mahallasining "Boydoqchi" va "Uyrot" qishloqlarida bo‘lib, "Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni ko‘zdan kechirdi. 

Xususan, 11- va 59-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ta’miri, yangi quriladigan mahalla binosi, mahalla guzari, yo‘llar ta’miri, elektr, gaz va suv ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar yuzasidan mutasaddilar va aholi vakillari bilan muloqot qildi.