«Telegram» kanal

G‘UZORDA "KIKBOKSING" BO‘YICHA QASHQADARYO VILOYAT CHEMPIONATI MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

16:26, 21.02.24
11

Kuni kecha, G‘uzor tumani sport maktabida sportning “Kikboksing” turi bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida Qashqadaryo viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.
   Musobaqaning ochilish marosimida viloyat kikboksing federatsiyasi raisi, sport maktab direktori so‘zga chiqib, 10 ta tumandan kelgan 230 nafardan ortiq sportchilarga omad tilashdi.
  Yakunda Nodir Abduxalimov murabbiyligida g‘uzorlik sportchilar ham munosib ishtirok etib, 12 nafari 1-o‘rinni, 15 nafar 2-o‘rinni va 5 nafari esa 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

   G‘uzor tumani hokimligi yosh sportchilarimizni, ularni murabbiylari va ota-onalarini samimiy tabriklab, yana-da yuqori marralarni egallashlarini tilab qoladi.