«Telegram» kanal

"Chiyali"lik yigit shaxmat bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

14:40, 21.02.24
14

"Chiyali"lik yigit shaxmat bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Joriy yilning 6-fevral sanasidan 17-fevral sanasiga qadar Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha tashkil etilgan “O‘zbekiston chempionati”da Ko‘kdala tumani "Chiyali" MFYda yashovchi Elmirzayev Xondamir o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmatning “Standard” yo‘nalishida 16 yosh toifasida faxrli birinchi o‘rinni egallab 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan “Jahon chempionati”ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
   
Ushbu g‘alaba bilan Xondamir va butun Ko‘kdala tumanini chin qalbdan tabriklaymiz. Ko‘kdala farzandi Jahon chempionatida yurtimiz nomini munosib himoya qilib, jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishiga ishonamiz.