«Telegram» kanal

G'uzor tuman hokimi dispetcherlik xizmati orqali aholi qo‘ng‘iroqlariga javob berdi

15:56, 21.02.24
12

“Shoʻrtan” jamoasi Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi sohibi bo'ldi
 G'uzorning “Shoʻrtan” jamoasi Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi uchun finalda Qarshi Davlat universitetining  “Lochin QDU” jamoasi bilan bellashdi.

    Keskin kurashlarga boy boʻlgan bellashuvda “Shoʻrtan” jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozondi va ketma-ket ikkinchi bor Qashqadaryo viloyati hokimi kubogini qoʻlga kiritdi.
  Uchrashuvda Jasur Xoltoʻrayev, Mirjalol Jumayev va Muhriddin Zoirovlar gollarga mualliflik qilishdi. 
  Musobaqa yakuniga koʻra  “Shoʻrtan” jamoasi darvozaboni Mirzohid Mamatxonov turnirning "Eng yaxshi darvozaboni" va hujumchi Muhriddin Zoirov "Eng yaxshi toʻpurar" nominatsiyalar g'olibi deb topildi.
   Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi musobaqasida “Shoʻrtan” U-19 jamoasi ham ishtirok etib, turnirning 4-oʻrinini egalladi.