«Telegram» kanal

Jinoyatchilik muhokamasi o‘tkazildi

12:14, 09.03.24
6

Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev rahbarligida 1-sektor hududidagi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli shahar tashkilotlari mas’ullari, jinoyat sodir etilgan "Geolog", "Kunchiqar", "Qarliqxona", "Haramjo‘y" mahallalari beshligi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 
Yig‘ilishda jinoyatlarning sabablari, kelib chiqish omillari tahlil qilindi. Muhokama davomida mutasaddilarning fikr mulohazalari tinglanib, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi faoliyatni kuchaytirish, ogohlikni oshirish, targ‘ibot ishlarini jonlantirish masalalari aytib o‘tildi hamda jinoyatlarning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.