«Telegram» kanal

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Kitob tumani kengashining yig’ilishi o’tkazildi

11:16, 13.01.24
6

Bugun Kitob tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Tadbirda o`tgan 2023-yil davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi. 

Viloyat prokuraturasi bo`lim boshlig`i Sohib G`aybullayev, tuman hokimi Uktam Pardayev, tuman prokurori Sobirjon Temirov, tuman IIB boshlig`i Ikrom Tog`ayev va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar hamda mas’ullari, hokim o`rinbosarlari va mahalla faollari ishtirok etdi. Kengash yig`ilishi so`ngida mas`ul idoralarga  2024-yilda jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilishi lozim bo`lgan aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi hamda yakunda qabul qilingan qaror ijroga qaratildi.