«Telegram» kanal

FVBda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni

11:21, 26.02.24
4

Mirishkor tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘quvchi yoshlar uchun “ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.Tadbirda viloyat FVB boshlig’i o’rinbosari - shtab boshlig’i podpolkovnik Mirzohid Ostonov, tuman FVB boshlig’i mayor Azamat Xamroyev, soha vakillari va faxriylari, Milliy gvardiyaning Mirishkor tumani qo’riqlash bo’limi xodimlari va o’quvchi yoshlari ishtirok etishdi.

Dastlab, yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish xususida so’z yuritildi.Shunda so’ng, tadbirning ko’rgazmali qismi boshlanib, yoshlarga o’t o’chirish va qutqaruv vaqtida foydalaniladigan trnasport va texnika vositalari hamda zaruriy anjomlar tanishtirildi. “Qutqaruvchi yoshlar” guruhi tomonidan ko’rgazmali chiqishlar namoyish etildi.