«Telegram» kanal

“Xalq va armiya — bir tanu bir jon!” 

10:32, 06.03.24
6

Harbiy prokuratura tashabbusi bilan barcha kuch tuzilmalari hamkorligida Mirishkor tumanining olis chegaraoldi hududida joylashgan “Pomuq” shaharchasida “Xalq va armiya — bir tanu bir jon!” shiori ostida “Yoshlar festivali” o‘tkazildi.Festival doirasida yoshlarni yurtga sadoqat, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy yetuk va jismonan sog‘lom, barkamol avlod sifatida voyaga yetkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida harbiy vatanparvarlik musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, DXX chegara qo’shinlari va Muborak garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali jangovar chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etib, yoshlarga qurol-yaroq, anjom-aslahalar tanishtirildi.