«Telegram» kanal

“Prokuror turniri” g’oliblari taqdirlandi

11:02, 29.02.24
6

Mirishkor tumani “Oqmachit” mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishi va ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi hamda tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan sportning tennis, shaxmat va shashka turlari bo’yicha huquq-tartibot hamda mudofaa organlariga biriktirilib, otaliqqa olingan va uyushmagan yoshlar o’rtasida “Prokuror turniri” bo’lib o’tdi.

Musobaqa yakunida uchta sport turlari bo’yicha 1, 2 va 3-o’rinni egallagan yoshlarga medal va esdalik sovg’alar topshirildi.Tadbirda tuman hokimi Fayzullo G’ulomov, prokuror Sardor Nazarov, DXX bo’linmasi boshlig’i Farhod Yo’ldoshev, IIB boshlig’i G’ayrat Haydarov va nuroniylar ishtirok etishdi.