«Telegram» kanal

Futbol bo'yicha "Prokuror kubogi" o'tkazildi

12:13, 26.02.24
15

  Kasbi tumanida "otaliqqa olingan" hamda uyushmagan yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tuman prokurori Sanjar Nurmatov tomonidan sportning futbol turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa juda qiziqarli va bahslarga boy tarzda bo'lib o'tdi. Musobaqada 2-sektor hududiga qarashli mahalla yoshlari ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida barcha sovrindorlar tuman prokurorining faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.