«Telegram» kanal

“Obod yurt” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

11:58, 06.03.24
7

O‘tkazilayotgan sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, og‘irini yengil qilish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Kasbi tumani hokimining birinchi o'rinbosari Jonibek Arslonov va tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sherzod Axmedovlar “Obod yurt” mahallasida fuqarolarning furojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazishdi.Qabulda 10 nafar fuqarolar tomonidan turli sohalarga oid murojaatlar yo‘llanib, 3 tasi joyida hal etildi. 5 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuncha berildi. Muddat talab etuvchi murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.