«Telegram» kanal

Mirishkorlik yosh sportchilar Jahon chempionatida g’olib bo’lishdi

10:03, 12.03.24
8

   Qozog’iston Respublikasi Shimkent shahrida sportning jang san’ati turi bo’yicha bo’lib o’tgan Jahon chempionatida mirishkorlik yoshlar ham o’z toifasi bo’yicha bellashdilar.

   Janubiy Koreya, Hindiston, Azarbayjon, Qozog’iston va boshqa turli mamlakatlardan kelgan sportchi yoshlar orasida Mirishkor tumani sport maktabi yoshlari faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.
    Bular:
Asila To’rayeva 1-o’rin,
Ravshan Panjiyev 2-o’rin,
Gulnozaxon Shoymardonova 2-o’rin,
Otabek Boboqulov 3-o’rin,
Temurmalik Abduvohidov 3-o’rin.