«Telegram» kanal

G‘UZOR — POLVONLAR YURTI!

12:13, 03.02.24
16

  G‘uzor tumani azaldan polvonlar yurti hisoblanib, g‘uzorlik o‘g‘lonlarimiz Jahon chempionatlari, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari hamda xalqaro turnirlarda O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, yurtimiz dovrug‘ini taratishda o‘zining beqiyos hissasini qo‘shishgan.
   Kuni kecha, Qarshi shahrida “Dzyudo” sport turi bo‘yicha “Mixail Omariyev" xotirasiga bag‘ishlangan XVIII- Xalqaro turniri o‘tkazildi. Musobaqada mamlakatimizning barcha viloyatlari va qo‘shni davlatlardan jami 500 dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

   Xalqaro turnirda G‘uzor tumani sport maktabi hamda G‘uzor tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining yosh sportchilari ham munosib ishtirok etib, g‘oliblik shohsupasidan joy olishdi.
   G‘uzorlik yosh sportchilar Xushmurodov Asror 46 kg vazn toifasida 1-o‘rin bilan oltin medal va Toshpulatova sevinch va Xusniya Umurzokovalar 2-o‘rin bilan kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.