«Telegram» kanal

G‘uzorlik yoshlar stol tennisi bo‘yicha viloyat chempionatida peshqadamlik qilishib, respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi

12:11, 03.02.24
9

Qarshi shahrida sportning "Stol tennisi" bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi. Musoboqada 150 dan ortiq yosh sportchilar ishtirok etgan baxslarda, G‘uzor tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda G‘uzor tumani sport maktabining yosh sportchilari ham munosib ishtirok etishdi.

  Yakunda g‘uzorlik 3 nafar yoshlar 1-o‘rinni egallab respublika chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 4 nafar yoshlar 2-o‘rinni va 3 nafar yoshlar 3-o‘rinlarni egallashdi.
  G‘uzor tumani hokimligi yosh sportchilarimizning murabbiylari va ota-onalarini ushbu yutuqlar bilan tabriklab, keyingi musoboqalarda yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qoladi.