«Telegram» kanal

Qashqadaryo viloyati hokimi 18-oilaviy poliklinikaning potronaj xizmati hamshiralari bilan muloqot qildi

09:10, 11.03.24
6

Bugun o'tkazilgan tadbirlar davomida Koson tumani "Mudin" mahallasida joylashgan 18-oilaviy poliklinika faoliyatiga ham e'tibor qaratildi.Qashqadaryo viloyati hokimi boshchiligidagi rahbarlar 18-oilaviy poliklinikaning potronaj xizmati hamshiralari bilan suhbat qilishdi.

Ma'lum bo'lishicha, mazkur poliklinika elektron poliklinikaga aylantirildi. Hamshiralarga raqamlashtirishni yanada yaxshilash maqsadida 10 ta planshet ham taqdim etildi.Bundan tashqari, rahbarlar aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida poliklinikada amalga oshirilayotgan ishlarga e'tibor qaratdi.