«Telegram» kanal

Koson tumanida "Mahallada duv-duv gap" tadbiri bo'lib o'tdi

12:54, 30.01.24
8

Koson tumani Madaniyat markazida "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" tadbiri tashkil etildi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo'lim rahbari L.Saodatova, O'zbekiston Xalq artisti Gavhar Zokirova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Dilfuza Rahimova kabi xalq sevgan san'atkorlar aholi kayfiyatini yanada ko'tarib, qalblarga ma'naviy ruh olib kirdi. Tadbir o'yin-kulguga ulanib ketdi.