«Telegram» kanal

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbir Dehqonobod tumanining “Zavqiy” hamda "Paxtachi" mahallalarida boʻlib oʻtdi

10:52, 04.01.24
9


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida mahallalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ma’naviy-ma’rifiy yuksalish borasidagi islohotlar Yangi O‘zbekiston strategiyasida jamiyatning ruhini belgilab beruvchi eng muhim yo‘l sifatida bejiz tanlanmaganini, bu kabi tadbirlar zamirida xalqimizning ulug‘ maqsadlarimiz yo‘lidagi hamjihatligini yanada mustahkamlash maqsadi borligini e’tirof etishdi. (https://t.me/DehqonobodManaviyatpress/4030)