«Telegram» kanal

“Mahallada duv-duv gap” loyihasi Kasbi tumanida

08:22, 03.01.24
5

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kasbi tuman bo‘limi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida tumandagi 16-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Yangi hayot uchun - yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlariga start berildi.Yurtboshimizning madaniy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mahallalarda madaniyat va ma’rifat ruhini kengroq targ‘ib etish maqsadida ilgari surgan tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda mahalla faollari, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand xotin-qizlar, keksa-avlod vakillari ishtirok etdi.

Mahalla aholisi va keng jamoatchilik ishtirokida madaniy-ma’rifiy bayram dasturi namoyish etilib, taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.