«Telegram» kanal

Dehqonobodda "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-musiqiy tadbir bo'lib o'tdi.

10:40, 09.01.24
9

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023- yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqqa muvofiq “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida Dehqonobod tumanidagi  "Beshbuloq", "Oqrobod" hamda "Yangiobod" mahallalarida ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-musiqiy tadbir bo'lib o'tdi.

Targ'ibot tadbirdan maqsad Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va daxldorligini oshirishdan iborat.