«Telegram» kanal

Koson tumani suv xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kanalda betonlash ishlari davom etmoqda

12:25, 09.02.24
5

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Koson tumani hududidagi R26 kanalida amalga oshirilayotgan betonlash ishlari bilan tanishdi. Koson tumanining o'nlab hududlari suv xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan R26 kanalining umumiy uzunligi 25 km tashkil etadi. Maydayobu, Surxon, Chiroqchi, Mulali va ularga tutash hududlar qishloq xo‘jaligi ekinlari aynan shu kanaldan sug‘oriladi. Shuni hisobga olib hozirda kanalda keng ko‘lamli qurilish ishlari bajarilmoqda.

Viloyat hokimi bu yerdagi jarayonlarni ko‘zdan kechirib, quruvchilar bilan muloqot qildi.Avval xabar qilinganidek, R26 kanalining umumiy 16 km qismi to‘liq betonlashtiriladi va katta miqdorda suv isrofgarchiligining oldi olinadi.