«Telegram» kanal

Tuman hokimi tibbiyot muassasalarining isitish tizimi sozligini o‘rganmoqda

11:47, 18.02.24
6

Viloyatimizda ayni paytda sovuq havo harorati hukmron. Bunday vaziyatda bemorlar salomatligi uchun shifoxonlarda isitish tizimi bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligi muhimdir. Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev ayni paytda Koson tumani tug‘ruq kompleksi va tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga borib, vaziyat bilan yaqindan tanishmoqda. 
    Hokim avvalo isitish tizimiga alohida e'tibor qaratdi. Shundan keyin davolanayotgan bemorlar bilan muloqot qildi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.