«Telegram» kanal

"Rahimso‘fi" va "Alachabob" mahallasi ahli bilan muloqot qilindi

11:43, 19.02.24
5

Koson tumani hokimi o‘rinbosari, mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi raisi Ubaydullo Ochilov Koson tumanining chekka hududlari hisoblangan "Rahimso‘fi" va "Alachabob" mahallasi faollari bilan muloqot qildi. Davra suhbati shaklida tashkil etilgan tadbirda ushbu mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z bordi va uzoq yillar davomida to‘planib qolgan muammolar bo‘yicha fikr almashildi. Bundan tashqari, fuqarolarning murojaat va takliflari ham tinglandi.
Ta'kidlash joiz, o‘tgan 2023-yilda bu mahallalarda ham katta islohotlar amalga oshirildi. Hukumat tomonidan yangi bolalar bog‘chasi barpo etildi. Mavjud shifoxona ta'mirlandi. Zamonaviy mahalla binosi qurib, foydalanishga topshirildi. Hududga boruvchi yo‘lda asfaltlashtirish ishlari bajarildi.