«Telegram» kanal

"Yuqori mudin" mahallasi faoliyati Koson tumani hokimi tanqidiga uchradi

11:55, 16.02.24
5

Koson tumani "Yuqori mudin" mahallasi xodimlari faoliyati uchun hukumat tomonidan hamma sharoit yaratib berilgan. Yangi, zamonaviy bino qurib berilgan. Ammo Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev mazkur mahalla faoliyatini o‘rgangani borganida vaziyat ayanchli ekani ma'lum bo‘ldi.

Jumladan, mahalla hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmagan. Tozalikka rioya qilinmagan. Bino atrofi va ichida tozalik ishlari juda sust. Daraxtlar betartib ekilib, ishlar qo‘l uchida qilingan. Tuman hokimi mahalla xodimlarini e'tiborsiz va mas'uliyatsizlikda aybladi va o‘z ustida ishlamasa, kamchiliklar davom etaversa vazifasidan ozod etilishini aytib, jiddiy ogohlantirdi.