«Telegram» kanal

Oʻzbekiston XDP Nishon tumani kengashi tomonidan tumani axborot kutubxona markazida 12 fevral kuni shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo'lib o'tdi

20:05, 12.02.24
21

Nishon tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 13 Ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, "Boburnoma" asari haqida oʻzlarining bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Shuningdek "Koʻhinur" va "Boburning tugʻilishi" nomli sahna koʻrinishlarida oʻz qobiliyatlarini namoyon etishdi. Bobur gʻazallari va ruboiylaridan iborat qoʻshiqlar ijro qilindi. 

  Yuqoridagilar bilan bir qatorda Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlab oʻquvchilar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazildi, Tadbir partiya faollari soʻzga chiqib, Boburning boy adabiy merosini oʻrganish va targʻib etishni keng yoʻlga qoʻyish, oʻquvchi-yoshlar qalbi va ongiga uning asarlarining mazmun-mohiyati, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
  Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Oʻzbekiston XDP Nishon tumani kengashining  bir guruh faollari ham ishtirok etib, oʻquvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi hamda Zaxiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida oʻzaro fikr almashdilar. Oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlarni ajdodlarga munosib avlod boʻlish voyaga yetishlarida, shuningdek ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim oʻrin tutishi shubhasiz.