«Telegram» kanal

Ikki buyuk siymo, ikki qadriyat

12:23, 09.02.24
14

Dehqonobod tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamda tumanidagi DXX chegara qo’shinlariga qarashli 9257 harbiy qism bilan hamkorlikda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Ikki buyuk siymo, ikki qadriyat" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi T.Ergasheva, RMMM boʻlinmasi bosh mutaxassisi B.Muhammadiyev va 89-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyot fan oʻqituvchisi Ortiqova Shahlo maʼruzalari bilan qatnashdi.