«Telegram» kanal

Professor Ubaydulla Uvatov xotirasiga bag‘ishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

11:38, 23.02.24
21

Butun umrini ilm-fanga baxshida qilgan taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov tavalludining 84 yoshga to‘lishi munosabati bilan "Inson xotira bilan tirik, qadr bilan barhayot" mavzusida xotira kechasi va maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Ubaydulla Uvatovning hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyati, amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlari yuzasidan ochiq darslar ham tashkil etilib, u haqida maʼlumotlar berildi.


Ubaydulla Uvatov nomi berilgan 1-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida tashkil etilgan tadbirda keksa nuroniylar, ustozning yaqinlari, shogirdlari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.


Shuningdek, maktab direktori, olimning do‘stlari, shogirdlari va yaqinlari so‘zga chiqib, insoniylik fazilatlari, uning boy hayotiy tajribasi va yoshlar kamolotiga qo‘shgan ulkan hissasini eʼtirof etgan holda, xotirlashdi.


Maʼlumot uchun, UBAYDULLA UVATOV 1940 yil 23 fevralda G‘uzor tumani Pachkamar QFY (hozirgi Chorvador MFY) Chuchuk ota qishlog‘ida tavallud topgan