«Telegram» kanal

Mahallalarda “Adliya kutubxonasi” tashkil etildi.

19:50, 15.02.24
4

Nishon tumani adliya boʻlimi tomonidan oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlarining mahallalarga koʻchirilishi aholi huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Xususan, hududlarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar, “Men mahallam huquqshunosiman” yoʻnalishidagi muloqotlar fuqarolar huquqiy tushunchalarini oshirish barobarida hududdagi mavjud muammolar yechimining maqbul yoʻllarini topishda ham qoʻl kelmoqda.
  Kuni kecha Nishon tumani Adliya boʻlimining navbatdagi tashabbusi bilan joylarda “Adliya kutubxonasi”ni tashkil etishga kirishildi. Shu yoʻnalishdagi ziyo maskani dastlab "Navroʻz" hamda "Umr Bunyodkori" mahallasida tashkil etildi.
   — Kundalik turmushda tugʻiladigan huquqiy savollarga asosli javob topish uchun koʻpchilik advokatlik idorasiga murojaat qilishga odatlangan, biroq, buning uchun amalda anchagina yoʻl bosishga ham toʻgʻri keladi, — deydi Nishon tumani Adliya boʻlimi boshligʻi Tangriyev Maxmanazar.Huquqiy bilimlar targʻibotining samarali vositasi boʻlgan “Adliya kutubxonasi” tumandagi mavjud 34ta  mahallaning barchasida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.