«Telegram» kanal

"Ziyo ulash" aksiyasi Kitob tumanida

10:13, 20.03.24
5

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Qashqadaryo viloyatining tog'li Kitob tumanida davom etdi. Viloyat markazidan qariyib 140 km uzoqlikda joylashgan "Ulug'bek" mahallasida adliya organlari tomonidan kutubxona tashkil qilindi.Navro'z bayrami arafasida mahalla yoshlari uchun kutubxona chinakamiga bayram sovg'asi bo'ldi.

Kutubxonaning ochilish tadbirida Qashqadaryo viloyat  adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev hamda sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari ma’sullari ishtirok etdi.“Ziyo ulash” chellenji doirasida Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy adabiyotiga oid 500 ga yaqin kitoblar shuningdek, adabiyotlarning  elektron va audio shakli jamlanmasi sovg‘a qilindi.Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga zamonaviy va qulay mebel jihozlari, kitob javonlari taqdim etildi.