«Telegram» kanal

Nishon tumani hokimi sektor rahbarlari bilan birgalikda xorij mamlakatlarda mehnat qilayotgan Nishonlik yoshlar bilan onlayn muloqot oʻtkazdi.

19:22, 22.02.24
10

   Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan barcha islohotlar zamirida yoshlarga munosib shart-sharoitlar yaratish va qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor berilmoqda. Xususan, chet davlatlarga o‘qish va ishlash uchun ketgan yoshlar bilan doimiy tarzda aloqa o‘rnatilib, ularning muammo va takliflari o‘rganib chiqilib ijobiy hal etib borilmoqda.Nishon tumani hokimi Botir Tog'ayev va sektor rahbarlari boshchiligida chet davlatlarga o‘qish va ishlash uchun ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi. 

  Muloqotda Rossiya federatsiyasida, Qozogʻiston Respublikasida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bilan suhbat tashkil etildi.Onlayn muloqot davomida sohadagi dolzarb masalalar haqida yoshlarimizga ma’lumot berildi. O‘z navbatida, tizimni rivojlantirish bo‘yicha yoshlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.  
   Shuningdek, xorijdagi yoshlar bilan alohida guruh tashkil etib, doimiy ravishda ularni qo‘llab-quvvatlash, fikr almashinish va ularning takliflarini eshitish uchun platforma sifatida foydalanish to‘g‘risida suhbatlashildi.Muloqot davomida yoshlarning taklif va muammolari tinglandi. Ularni qiynab kelgan muammolarning aksariyati oilasiga moddiy yordam ajratish, ichimlik suvi, yoʻllarni taʼminlash, tadbirkorlik uchun imkoniyatlar yaratish hamda munosib ish topish bo‘yicha takliflari tinglandi. Savollarga shaxsan sektor rahbarlari va masʼullar javob berdilar.