«Telegram» kanal

Topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman hokimi fermerlar bilan uchrashdi.

18:49, 26.02.24
4

Kuni kecha Nishon tumani hokimi B.Togʻayevning  Paxtaobod mahallasida suv tanqisligi muammosini hal etishning ustuvor yoʻnalishlari, suvdan oqilona foydalanish hamda sugʻorishga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalariga bagʻishlangan seminari boʻlib oʻtgan edi.Bugun tumani hokimi topshiriqlar ijrosi yuzasidan mahalladagi fermerlar bilan uchrashib, tomchilatib sugʻorish borasida berilgan topshiriqlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
   Yigʻilish davomida har bir fermerlarga berilayotgan topshiriqlarga befarq boʻlmasligi hamda ishga nisbatan masʼuliyat bilan yondoshishligi taʼkidlandi.Paxtaobod mahalladagi 23 nafar fermerdan 12 nafar fermer tomchilatib sugʻorish boʻyicha ariza topshirganligi namuna etib koʻrsatildi.
    Shundan soʻng paxta va gʻalla maydonlarida suv tejamkor sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha yana 5 nafar fermer dala  yer maydonlarini tomchilatib sugʻorish boʻyicha ariza yubordi.Shuningdek Nishon tumanida aholi bandligini taʼminlash dehqonchilik uchun yoshlarga er ajratish boʻyicha topshiriqlar berilgan holda, yer maydonini tuman hokimi ajratishi, qancha maydon ajratish boʻyicha esa “mahalla yettiligi” taklif berishi, er olgan yoshlar Agrobankning “Fermerlar maktabi"da eksportbop ekinlar yetishtirishga oʻqitilishi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.