«Telegram» kanal

Yakkabog‘lik Gulhayo Jo’rayeva Toshkent “Katta Dubulg’a” turniri sovrindori!

17:33, 02.03.24
10

52 kg vazn toifasining final bahsida Gulhayo Joʻrayeva fransiyalik sportchi Amandin Bushar bilan bahs olib bordi. Ushbu kurashda hamyurtimizga biroz omad yetishmadi va Gulhayo turnirni kumush medali bilan yakunlaydigan bo’ldi.Mazkur natijasi bilan birga dzyudochimiz Jahon va Parij-2024 Olimpiada reytingi uchun qimmatli bo’lgan 700 ochkoni ham o'z hisobiga yozdirib qo’ydi. 

Ta'kidlash joiz, Jo'rayeva faoliyatida ilk bor kattalar oʻrtasidagi yirik musobaqaning kumush medaliga sazovor boʻlmoqda.Undan kelgusi musobaqalarda ham bugungidek munosib ishtirok kutib qolamiz.