«Telegram» kanal

Kasbilik para dzyudochilar taqdirlandi

11:48, 27.02.24
13

Germaniyaning Xeydelberg shahri mezbonlik qilgan para dzyudo bo‘yicha IBSA xalqaro Gran-pri turnirida ayollar o’rtasida J2 klassida +70 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchimiz Mohinur Parmonova bronza medalini qo'lga kiritdi.

Bugun Kasbi tumani hokimi To'xtamurod Meyliyev sportchi va uning murabbiylarini qabul qildi va g'alaba bilan tabriklab, esdalik sovg'alarini topshirdi. Ma'lumot uchun, O’zbekiston terma jamoasi Xeydelberg Gran-prisini 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 7 ta medal bilan yakunladi. E’tiborlisi, terma jamoamiz dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 200 dan ortiq eng sara para dzyudochilar ishtirok etgan ushbu musobaqada umumjamoa hisobida 4-o’rinni egalladi.