«Telegram» kanal

Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Kitob tuman kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

11:13, 12.01.24
9

Bugun Kitob tumani hokimligi majlislar zalida 
Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tuman kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash aʼzolari, sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari, OAV vakillari va jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son  Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  Qaroridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi hamda mazkur qarorning mazmun-mohiyati yig`ilish ishtirokchilariga yetkazildi.