«Telegram» kanal

Kasbida obod manzillar ko‘paymoqda

12:15, 24.02.24
8

Tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyev Obod Neko‘z mahallasida “Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Dastur doirasida mahalla infratuzilmasi yangilanmoqda. Yo‘l ta’miri, elektr ta’minoti yaxshilanmoqda, ijtimoiy obyektlar, aholi xonadonlari obodonlashtirilmoqda.

- "Muhtaram Prezidentimizning xayrli tashabbuslariga mahalla ahli ham hamohang harakat qilishi lozim. Afsuski, ko‘p vaqtimiz ba’zi fuqarolarimizga o‘z xonadonlarini obodonlashtirishlari, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etishlari va tartibsiz qurilgan hovli devorlarni tartibga keltirishlarini tushuntirishga ketmoqda. Xayrli ishda birdamlik kerak!", - dedi tuman rahbari. Shuningdek tuman hokimi mahallaning yangi binosi, mahalla guzari va maktab kutubxonasining qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Aholi vakillari bilan suhbatlashdi.