«Telegram» kanal

Kasbi tumanining mahallalarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

08:49, 06.01.24
5

Yangi yil shukuhi bilan uyg‘unlashgan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinkilik bilan tashkil etilmoqda. Undan maqsad – Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va daxldorligini oshirishdan iborat. Kasbi tumanidagi “Qamashi” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan "Obod mahalla markazi"da ana shunday tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga mahallada yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar taklif etildi. 

Madaniy-ma’rifiy kechada ijodkorlar, san’atkorlar va estrada xonandalarining chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar davom etmoqda.