«Telegram» kanal

“Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”

07:53, 29.02.24
5

O‘zbekistonda fuqarolarning tinch hayot kechirishi va ularning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bo‘lgan ishonchining ortishi ushbu organlar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samarali tashkil etilganlik darajasiga bog‘liq hisoblanadi.

   Bugun navbatdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman IIB, prokuratura, Milliy gvardiya, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman soliq inspeksiyasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
    Huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim o‘rin egallaydi.