«Telegram» kanal

G‘UZORDA GANDBOL BO'YICHA VILOYAT CHEMPIONATI O‘TKAZILDI.

12:00, 06.02.24
10

   Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish zarurligi, yangi iqtidorlarni kashf qilishga katta eʼtibor qaratish (https://t.me/guzorpress/28054) bo‘yicha topshiriqlar berildi.
   Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan G'uzor tumanidagi Sport maktabida "Gandbol" turi bo‘yicha 14 yoshli va undan kichik o'smir o‘g‘il va qizlar jamoalari o’rtasida Qashqadaryo viloyat Chempionati musobaqasi tashkil etilib, 10 ta tumandan kelgan 190 dan ortiq yosh sportchilar qamrab olindi. 

Yakunda G‘uzor tumani sport maktabida tarbiyalanayotgan g‘uzorlik o‘g‘il va qiz bolalar boshqa tuman yoshlariga hech qanday imkoniyat bermasdan 1-o‘rinni egallashdi. G‘uzorlik yoshlarni natijalaridan ko‘rinib turibdiki, tumanda yoshlarni sportga jalb qilish va iqtidorlarini namoyon etish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.