«Telegram» kanal

Dehqonobod tumanida yana bir ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi

10:59, 03.01.24
14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani mahallalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Ayni shu maqsadda bugun Dehqonobod tumanidagi “Istiqlol” mahallasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir yakunida viktorina savol-javoblari tashkil etilib, g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.